
Tadbir haqida
Alisher Navoiyning «Yetti oy» asari — shon-shuhrat va sharmandalik, ulug'vorlik va xo'rlanish o'rtasidagi sirli muvozanat haqidagi, hamma narsaga ega bo'lib, o'zining shohona takabburligi tufayli hamma narsasidan mahrum bo'lgan shoh haqidagi she'riy tasavvufiy hikmatdir. Bu — ortiqcha istaklar fojiasi, hokimiyatga bo'lgan ishtiyoq — lirik qalbni, ya'ni san'atkor qalbini yaralovchi parаnoyya ekanligi haqidagi spektakl. Navoiy asari rossiyalik SounDrama studiyasi bilan yaqin hamkorlikda sahna hayotini topdi. Spektaklda Sharqning an'anaviy musiqasi G'arbning zamonaviy ritmlari bilan uyg'unlashib, tovushlar va energiyalar kokteylini hosil qildi. Ana shu uyg'unlashuvlardan — ularga ofis kostyumlarining nafis uslubi va o'zbek xalatlarining rang-barang tuslarini, sharq raqsining plastikasi va yevropacha ishoraning vazminligini ham qo'shsak — buyuk Navoiyga munosib, hayratlanarli darajada go'zal «Yetti oy» spektakli dunyoga keldi.
Kechikib kelgan tomoshabin, zalga kiritilmaydi. Iltimos, oldindan kelishingizni so'raymiz.
Alisher Navoiy
Rejissyor-postanovchi: Vladimir Pankov
Age
16+
Davomiyligi
2 soat
Tadbir tili
Ruscha
Organizatorlar
Ilhom Teatri
O'tkazilish joyi
28 oktyabr ii 13 noyabr
Mark Veyl «Ilhom» teatri
Toshkent, Paxtakor ko'chasi, 5






