
Tadbir haqida
Qadim-qadimda, olis-olis bir mamlakatda ayollar uchun dunyoning oxiri boshlandi. Bu — ularning tarixi, ularning kuchi, yashab qolish va og'riq uchun kurashi. «Underground Girls» («Yashirin qizlar») — erkinlik va zulm mavzusidagi tadqiqot. «Underground Girls» loyihasi Jenni Nordbergning «Kobulning yashirin qizlari: Afg'onistondagi yashirin qarshilikni izlab» kitobi hamda afg'on qochqin ayollari va 2021-yil avgustidan keyin hamon Afg'onistonda yashayotgan odamlar bilan o'tkazilgan intervyular asosida yaratilgan. Spektakl quyidagi savollarga javob berishga harakat qiladi: nega jamiyat erkaklarni afzal ko'radi? Nega bizga hamon erkak va ayolning teng bo'lishi mumkinligini tan olish shunchalik qiyin? «Underground Girls» ayollarni erkinlikdan mahrum qilishning halokatli oqibatlarini o'rganadi. Bugungi kunda ayollar asosiy inson huquqlari, mustaqil, bilimli bo'lish va o'z taqdirini o'zi belgilash erkinligi uchun kurashmoqda. Spektakl — biz hali eshitishni istamayotgan kishilarning faryodiga ovoz berishga urinishdir.
Loyihaning bosh hamkori: Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi
Strategik hamkor: Shveytsariya Elchixonasining O'zbekistondagi Hamkorlik Byurosi
Loyiha hamkori: Polsha Respublikasining O'zbekistondagi Elchixonasi
Homiy: «KNAUF GIPS BUXORO» MChJ
Kechikib kelgan tomoshabin, zalga kiritilmaydi. Iltimos, oldindan kelishingizni so'raymiz.
Rejissyor-postanovchi: Yakub Skjivanek
Age
16+
Davomiyligi
1 soat 30 daqiqa
Tadbir tili
Ruscha
Organizatorlar
Ilhom Teatri
O'tkazilish joyi
22 oktyabr ii 15 noyabr
Mark Veyl «Ilhom» teatri
Toshkent, Paxtakor ko'chasi, 5



