IlhomJazzClub: «Jazzirama» guruhi

IlhomJazzClub: «Jazzirama» guruhi

Tadbir haqida

IlkhomJazzClub loyihasi yana Mark Vayl nomidagi «Ilhom» teatri sahnasida!
Ansambl sahnada o'z do'stlarini — poytaxtning vokal sahnasi yulduzlarini to'playdi.
Jazzirama bilan birga O'zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, maqom ijrochisi Nodira Pirmatova, «Ovoz. O'zbekiston» loyihasi finalchisi Anush Gurjiyeva, jazz divasi Feride Girgin, «Ovoz. Bolalar» teleshousi g'olibi Sabina Mustayeva, vokal virtuozi Jasur Mirsagatov va «Yangi to'lqin — 2017» tanlovi finalchisi Le Luu Lien (Vetnam — O'zbekiston) chiqish qiladilar.
Kechaning dasturida — jazz standartlari, etno-jazz va musiqachilarning qaynoq sololari!
Sovuq noyabr kechasini Jazzirama guruhi bilan birga o'tkazing!
Jazzirama va Nodira Pirmatova dasturining kompozitsiyalari O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi qo'llab-quvvatlashi bilan yaratilgan.
Jazzirama guruhi O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasiga O'zbekistonda jazz musiqasini rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.
Loyiha prodyuseri — Saidmurat Muratov.

  • Organizatorlar

    Ilhom Teatri