Talaba Yugur - Shahrisabz

Talaba Yugur - Shahrisabz

Tadbir haqida

Talaba-Yugur ommaviy yugurish musobaqalari!

Universitetning kurslari kesimida (alohida yigitlar va qizlar o‘rtasida) 1–3-o‘rinlarni egallagan talabalar oliy ta’lim tashkiloti rektorining (direktor) stipendiyasi bilan taqdirlanadi.

Stipendiya quyidagicha taqsimlanadi:
1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida 6 oy davomida (bahorgi semestr bitiruvchilari uchun 4 oyga);
2-o‘rin — 50 foizi miqdorida 4 oyga;
3-o‘rin — 50 foizi miqdorida 2 oyga.

Har bir mavsum yakuniga ko‘ra hududiy bosqichlarning mutlaq g‘oliblari (alohida yigitlar va qizlar o‘rtasida) respublika (final) bosqichida 1–3-o‘rinlarni egallagan taqdirda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri mukofoti bilan taqdirlanadi.
1-o‘rin — 10 000 000 so‘m;
2-o‘rin — 8 000 000 so‘m;
3-o‘rin — 5 000 000 so‘m.

Start raqamlari universitet vakillariga ishtirokchilar ro‘yxati bilan birga topshiriladi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar start raqamlarini universitetdagi sport klubining mas’ul shaxsidan olishlari mumkin.
Iltimos,ko'krak raqamingizni olganingizda, olgan raqamingiz ishtirokchilar ro'yxatidagi ismingiz yonida ko'rsatilgan raqamga mos kelishiga ishonch hosil qiling!
Talaba yoki professor-o‘qituvchi bo‘lmagan, yugurishda mustaqil ishtirok etishni istagan fuqarolar start raqamini olish uchun kol-markazga murojaat qilishlari lozim.

Kol-markaz: +998 50 103 61 00
Telegram: @CARAWAsup

Talaba-Yugur ommaviy yugurish musobaqalarida faol ishtirok eting!

  • Organizatorlar

    Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi

  • Subkategoriyalar

    Talaba Yugur