
Silk Road – Shahrisabz
Tadbir haqida
«Silk Road – Shakhrisabz 2026» — Buyuk Ipak yo‘li merosini asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholini muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, yugurish sportini ommalashtirish, xalqaro sport do‘stlik aloqalari hamda turizmni rivojlantirishga qaratilgan sport tadbiridir.
EXPO
Start paketlarini tarqatish sanalari: 25.09.2026 — 26.09.2026
Ish vaqti: 10:00 – 20:00
Manzil: Shahrisabz shahri, Oqsaroy bog‘i
Start paketini olish uchun QR-kodni taqdim etish lozim.
Musobaqa dasturi
Yugurish ishtirokchilarining yig‘ilishi startdan 1 soat oldin boshlanadi.
10 km, 5 km va Nordic Walking 5 km starti — 07:00
Kids Run 250 m starti — 10:00
Kids Run 500 m starti — 10:15
Mukofot jamg‘armasi
10 km (erkaklar va ayollar)
1-o‘rin — 6 000 000 so‘m
2-o‘rin — 5 000 000 so‘m
3-o‘rin — 4 000 000 so‘m
4-o‘rin — 3 000 000 so‘m
5-o‘rin — 2 000 000 so‘m
6-o‘rin — 1 000 000 so‘m
5 km (erkaklar va ayollar)
1-o‘rin — 3 500 000 so‘m
2-o‘rin — 3 000 000 so‘m
3-o‘rin — 2 500 000 so‘m
4-o‘rin — 2 000 000 so‘m
5-o‘rin — 1 500 000 so‘m
6-o‘rin — 1 000 000 so‘m
Kids Run 250 m va 500 m yugurishlari g‘olib va sovrindorlari Tashkiliy qo‘mita hamda homiylar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Nordic Walking 5 km yo‘nalishi g‘olib va sovrindorlari medallar bilan taqdirlanadi.
Yosh bo‘yicha cheklovlar
250 metrga yugurish — 2020–2021-yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida;
500 metrga yugurish — 2018–2019-yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida.
Slot xarid qilish orqali siz ommaviy oferta shartlariga rozilik bildirasiz.
Ma’lumot uchun
Telefon: +998 50 103 61 00
Telegram: @CARAWAsup
Organizatorlar
Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi
Subkategoriyalar
Silk Road